04 iyu 16:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Temirov: "Pantojaning keyingi raqibi men bo'laman"
O'zbekistonlik UFC jangchisi Ramazon Temirov Instagram storisi orqali Aleksandr Pantoja bilan jang qilish istagini bildirdi.
Gap shundaki, UFC axborot xizmati o'z sahifasi orqali o'ta engil vazn toifasining braziliyalik amaldagi chempioni Aleksandr Pantojaning sakkizta raqibidan ustun kelgani haqida post joylagan edi.
Temirov bunga javoban: "Allohga oson. In SHa Alloh keyingi raqibi va chempioni o'zim bo'laman", deya repost qilgan.
Divizion reytingida 13-o'rinda borayotgan Ramazon 26 iyul kuni 9-pog'onadagi qozog'istonlik Asu Almabaev bilan to'qnash keladi.
Havola :
Manba : instagram.com/ramazan_temurov
Fikrlar