So’nggi yangiliklar

22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0

04 iyu 17:17
Yangiliklar

Boks/MMA

Bokschi yigitlarimiz nima uchun Qozog'istondagi Jahon kubogiga borishmadi? Boks federaciyasi bunga munosabat bildirdi

Ayni kunlarda Qozog'istonning Astana shahrida boks bo'yicha World Boxing tashkilotining Jahon kubogi bahslari o'tkazilmoqda.

Mazkur musobaqada O'zbekistonning faqat ayollar terma jamoasi ishtirok etmoqda. Erkaklar terma jamoamiz esa bahslarda qatnashmayapti. 

Bu masalada O'zbekiston boks federaciyasi bosh kotibi SHohid Tillaboevning fikrlari bilan qiziqdik. 

"Yigitlar ko'p janglar o'tkazishdi. Jarohat va ortiqcha yuklamalardan saqlanish maqsad qilingan. O'z rejamiz bo'yicha ishni davom ettirishga qaror qildik. 

Bu musobaqada yaxshi qatnashish uchun bokschilarni yaxshi formaga olib kirish kerak. Formaga kirsak, oldinda Liverpuldagi Jahon chempionatiga oz vaqt qolmoqda. Keyin yigitlarni yana formaga olib kirish murabbiylar uchun qiyinchilik tug'dirishi mumkin. SHu sababli biz asosiy etiborni Liverpuldagi jahon chempionatiga qaratamiz va murabbiylar shtabi tuzib chiqqan rejaga binoan ish qilamiz", - dedi SHohid Tillaboev Olamsport.com sayti jurnalisti Aziz To'xtamurodov bilan suhbatda. 

Eslatib o'tamiz, World Boxing tomonidan tashkil etiladigan va Liverpul mezbonlik qiladigan jahon chempionati 4-14 sentyabr kunlari o'tkaziladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing