So’nggi yangiliklar

19:40Абдель-Азиз ижтимоий тармоқларда: "Махачев. Тез орада" 0 19:17Жейк Пол WBA рейтингида ТОП-15'га киритилди 0 18:53"Рома" мухлислари рекорд миқдорда абонемент сотиб олди 0 18:30Царукян Топурияга жавоб қайтарди: "Қўрқув бу - ҳақиқий рақибдан қочиш" 0 18:07Афруза Ҳамдамова Қозоғистондаги турнирдаги ғолиблик орқали 51 балл ишлаб олди 0 17:45"Идеал вариант". Илия Топурия кейинги жангини қачон ўтказмоқчи эканини айтди 0 17:23Фофанага қизиқувчилар сони ортмоқда: Англиядан икки таклиф бор 0 17:00Топурия Гэтжи билан жанг қилишни истамаяпти 0 16:38Эмма Радукану "Уимблдон"да муваффақиятли старт олди 0 16:16Темиров - Алмабаев жанги ғолибига даъвогар билан жанг қилиш таклифи берилди 0 15:55Станислав Черчесов: "Нега Ўзбекистон мундиалдаги "сюрприз" жамоа бўлмаслиги керак?" Станислав Черчесов билан эксклюзив интервью 0 15:28Топурия: "Царукян қўрқиб қолган. У жанг қилмаслиги аниқ бўлганда вазн қила олади" 0 15:05Уимблдон. Амалдаги чемпион 4,5 соатлик учрашув ўтказди 0 14:42WBA рейтинги янгиланди: Шаҳрам ва Бектемир биринчи ўринда қолди. Қолганларнинг ўрни қандай? 0 14:21Алонсонинг биринчи "қурбони": "Реал" устози ҳимоячиларнинг биридан воз кечди 0

28 sen 08:02
Yangiliklar

Dzyudo

Viloyatlardagi dzyudoning bugungi kuni muhokama qilindi

O'zbekiston dzyudo federaciyasi tomonidan viloyatlardagi ishlarni monitoring qilish maqsadida onlayn-yig'ilish o'tkazildi.

ZOOM platformasida o'tgan yig'ilishni O'zbekiston dzyudo federaciyasi rais o'rinbosari SHoatxam Isroilov olib bordi. Unda karantindan keyingi dzyudochilarimizning holati, amalga oshirilayotgan ishlar, federaciyaning viloyat bo'limlaridagi mavjud kamchiliklari, echimini kutayotgan muammolar atroflicha muhokama qilindi.

Birinchi ko'rilgan masala - shu yil so'nggiga qadar yoshlar (2000-2002 yillarda tug'ilganlar) va kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatini o'tkazish bo'ldi. Vaqt tig'izligi sabab federaciya tomonidan har ikki musobaqani o'tkazish uchun oktyabr oyi taklif etildi. Lekin aksariyat viloyatlarda karantin choralari kuchaytirilgani bois dzyudochilar mart oyidan beri mashg'ulot o'tkazishmadi. Ular uy sharoitida yakka tartibdagi mashg'ulotlar bilan cheklanishdi. Ayrim olimpiya zaxiralari kollejlari koronavirus pandemiyasi sabab kasalxonalarga aylantirildi. Viloyat murabbiylari shu tufayli O'zbekiston chempionatini oktyabrda emas, noyabr oyining so'nggi o'n kunligida o'tkazish taklifini berishdi. Bunga qo'shimcha tarzda musobaqa dasturiga o'g'il bolalar o'rtasida -55, qizlarda esa -44 kg vazn toifasini kiritishni so'rashdi. SHuningdek, murabbiylar yil so'nggiga qadar o'smirlar (2005-2006) o'rtasida ham mamlakat birinchiligini o'tkazish taklifi bilan chiqishdi.

Ikkinchi masala bu - kvotalar. Murabbiylar o'z viloyatlaridan necha nafar dzyudochi imtiyozli yo'llanma asosida universitetlarga qabul qilingani haqida malumot taqdim etishdi. Xususan, Andijon viloyatidan 9 (7 qiz, 2 o'g'il bola), Farg'onadan 4 (3 qiz, 1 o'g'il bola) Samarqanddan 17 (5 qiz, 12 o'g'il bola), Qashqadaryodan 12 (1 qiz, 11 o'g'il bola), Navoiydan 5 (1 qiz, 4 o'g'il bola) nafar dzyudochi imtiyozli yo'llanma asosida talabalik baxtiga muyassar bo'lgan.  

Uchinchi masala - dzyudochilarning karantindan keyingi holati hamda viloyatlardagi mavjud muammolar. Yuqorida takidlanganidek, aksariyat viloyatlarda hamon umumiy mashg'ulotlar boshlanmagan. Karantin qoidalari biroz yumshatilganidan keyin birin-ketin jamoalar sport zallariga qaytishyapti. Samarqandda 1 oktyabrdan mashg'ulotlar boshlanishi aytildi. O'z o'rnida Navoiyda dzyudo bilan shug'ullanish uchun sport zali yo'qligi malum qilindi. Ayrim viloyatlarning Olimpiya zaxiralari kollejlarida dzyudo bo'limi uchun qabul kvotalari sonining kamligi alohida urg'ulandi. 

To'rtinchi masala - viloyatlardagi avvaldan belgilab berilgan maktablar qoshida tashkil etilgan IJF maktablari. Bu maktablarning aksariyatida hali mashg'ulot boshlanmagan. SHunday bo'lsa-da, ish to'xtab qolgani yo'q. Xatto bu maktab tarbiyalanuvchilari imtiyozli ravishda institutga ham qabul qilinishdi. Bugungi kunda Samarqandda Farmon Qobilov, Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida SHokir Ortiqov, Marhamatda Xolmuhammad Sotvoldiev, Bo'zda Ixtiyor Abduqahhorov kabi murabbiylar bolalar bilan shug'ullanishyapti.   

Taqdim etilgan malumotga ko'ra yildan-yilga viloyatlarda dzyudo bilan shug'ullanayotganlar soni oshib bormoqda. Masalan, Farg'ona viloyatida o'tgan yili 1200 bola muntazam dzyudo bilan shug'ullangan bo'lsa, joriy yilda ular soni 1700 nafardan oshdi. Andijon viloyatida o'tgan yili 700, bu yil esa bu son 900 nafardan oshgan. Ulardan 147 nafarini qizlar tashkil etadi. Agar pandemik vaziyatga duch kelmaganimizda, shug'ullanuvchilar soni yana ham ko'proq bo'lardi. 

Yig'ilish so'nggida taklif etilgan masalalar qisqa fursatda ko'rib chiqilishi, mavjud muammolar bartaraf etilishi takidlandi. Yil so'nggiga qadar o'tkaziladigan O'zbekiston chempionatlari haqida tez orada malumot taqdim etilishi aytildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing