01 iyu 14:21
Yangiliklar
Futbol

Alonsoning birinchi "qurboni": "Real" ustozi himoyachilarning biridan voz kechdi
Madridning "Real" jamoasi rahbariyati himoyachi Ferlan Mendini transferga qo'yadi, deya xabar berdi "Defensa Central".
Manbaga ko'ra, “Qirollik klubi” bosh murabbiyi Xabi Alonso futbolchi bilan hisoblashmayapti. Mutaxassis "Benfika" himoyachisi Alvaro Karrerasning transferiga umid qilmoqda. U franciyalik futbolchi o'rnini egallashi kerak.
Mendi "qaymoqranglilar" safida 2019 yildan buyon o'ynab kelmoqda. 30 yoshli himoyachi o'tgan mavsum barcha turnirlarda 31 o'yin o'tkazib, 2 ta golga assistentlik qilgan. Tomonlar o'rtasidagi shartnoma 2028 yilning iyunigacha amal qiladi.
Havola :
Fikrlar