So’nggi yangiliklar

23:52Одилхон Камоловнинг жанги муддатидан олдин якунланди 0 23:31"Манчестер Сити"да йирик ғалаба, Абдуқодир Ҳусанов захирадан майдонга тушди 0 18:56Хамзат Чимаев ва Дрикус дю Плессининг жанг учун гонорарлари маълум 0 18:35Деонтей Уайлдернинг режалари очиқланди. Навбатда кимлар турибди? 0 18:14Тимур Кападзе Ўзбекистон терма жамоасида қолиши керакми? Алишер Никимбаевнинг фикри 0 17:53UFC 319 турнирининг тўлик карди. Рақамланган event`да яқин ўртада қачон 10 та жанг бўлганди? 0 17:32Тайсон Фьюри оғир вазнда ким билан аниқ жанг қилмаслигини айтди 0 17:11Чимаев: "Мен ҳозирги кунда UFC’нинг энг яхши жангчисиман, тарихдаги энг яхши грэпплерман" 0 16:50Павар Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин 0 16:29Чимаев Алекс Перейра билан жанг қилиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 16:08Жасмин дунёнинг иккинчи ракеткасини мухлислар қаторига кузатиб қўйди 0 15:47Уч нафар дзюдочимиз Валенсиядаги халқаро машғулотларга жўнаб кетди 1 15:26"Бавария" Симонсни сотиб олмоқчи 0 15:05Тошкентда енгил атлетика бўйича халқаро турнир бошланди 0 14:44UFC собиқ чемпиони Чимаев – дю Плесси жанги учун тахмин билдирди 0

27 may 15:02
Yangiliklar

Qilichbozlik

Xabar tasdiqlandi! O'zbekiston qilichbozlik federaciyasiga yangi rahbar saylandi

Bugun O'zbekiston qilichbozlik federaciyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasi o'tkazildi.

Unda federaciyaga yangi rahbar saylash kun tartibidagi asosiy masala bo'ldi.

Tadbirda O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi mutasaddilari, sportchi va murabbiylar ishtirok etishdi. Yig'ilishda dastlab shu davrgacha O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi raisi lavozimida ishlab kelgan Rustam SHoabdurahmonovning o'z xohishiga ko'ra yozgan arizasi ko'rib chiqildi va delegatlar tomonidan qabul qilindi.

SHundan so'ng yig'ilish kun tartibidagi asosiy masalaga o'tildi. Unda “Kapitalbank” ATB Boshqaruv raisi Abdusamatov Maqsud Abduvalievichning nomzodi O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi raisi lavozimiga taklif etildi va konferenciya ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan maqullandi. SHu tariqa Maqsud Abdusamatov O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi raisi etib saylandi.

“Avvalambor, menga bildirilgan ishonch uchun tashakkur izhor qilaman. Hozirda ushbu sport va qilichbozlik oilasining ichiga kirib, vaziyat bilan yaqindan tanishyapman. O'rganishlar asosida yangi istiqbolli rejalarni shakllantiramiz. Oldimizda turgan yirik musobaqalarda sportchi va murabbiylarimizning muvaffaqiyatga erishishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib beramiz” – dedi Maqsud Abdusamatov.

So'ng kun tartibiga muvofiq, O'zbekiston qilichbozlik federaciyasiga yangi bosh kotib saylandi. Unga ko'ra, ushbu vazifada faoliyat ko'rsatib kelgan Gulnora Saidova mazkur lavozimga qayta saylandi.

Konferenciya ishtirokchilari Rustam SHoabdurahmonovning boshqaruvi davrida o'zbek qilichbozligi qayta uyg'onganligi, yoshlar o'rtasida birinchi jahon chempioni etishib chiqqani, Olimpiya o'yinlariga ilk bor 3 ta licenziya qo'lga kiritilganini alohida takidlab o'tishdi. O'z navbatida yangi saylangan rahbarga ushbu g'alabalarni davom ettirish yo'lida kuch-g'ayrat tilashdi.

SHu tariqa O'zbekiston qilichbozlik federaciyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasi o'z ishini yakunladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing