16 avg 16:08
Yangiliklar
Tennis

Jasmin dunyoning ikkinchi raketkasini muxlislar qatoriga kuzatib qo'ydi
AQSHning Cincinnati shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnir o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
WTA reytingida 9-o'rinni egallab turgan italiyalik Jasmin Paolini 1/4 finalda dunyoning ikkinchi raketkasi amerikalik Koko Goffni uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 2/6, 6/4, 6/3. Bu bilan Jasmin tennischilarning o'zaro uchrashuvlari hisobida oldinga chiqib oldi - 3:2.
Ikki soatu uch daqiqa davom etgan bahsda ikkala tennischi ham 7 tadan breykdan foydalangan. Qo'shxatolar Goffda keragidan ham ortiqcha bo'ldi - 16 ga 2. Paolini faoliyatida to'rtinchi bor WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnirlarning yarim final ishtirokchisiga aylandi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar