16 avg 15:05
Yangiliklar
Engil atletika

Toshkentda engil atletika bo'yicha xalqaro turnir boshlandi
Bugun poytaxtimizda engil atletika bo'yicha “Silk Road to Tokyo” xalqaro turniri start oldi.
Butunjahon engil atletika federaciyasining bronza darajasidagi ushbu musobaqada 15 davlatdan 250 nafarga yaqin sportchi qatnashmoqda. 17 avgust kuni yakunlanadigan turnir kelasi oy Tokio shahrida o'tadigan jahon chempionatiga reyting ochkolarini taqdim etadi.
Dasturga ko'ra, atletlar 22 yo'nalish bo'yicha bellashishadi. Xususan, O'zbekiston terma jamoasi azolari ham asosiy tarkibda medallar uchun kurash olib borishadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar