16 avg 17:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuri og'ir vaznda kim bilan aniq jang qilmasligini aytdi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri Aleksandr Usikdan qabul qilib olgan mag'lubiyatidan keyin divizionning aniq bir bokschisi bilan jangdan qochishini tan oldi.
Fyuri o'z vatandoshi Mozes Itaumi bilan har qanday holatda ham jang o'tkazmasligini aytmoqda. Ko'pchilikning fikriga ko'ra, aynan 20 yoshli Mozes Tayson Fyurining izdoshi sifatida etirof etilyapti.
"Itauma bilan jang? Yo'q, u bilan hech qachon urishmayman. Siz meni ahmoq deb o'ylayapsizmi? Itaumi biz o'ylagandan ham aqlli bokschi", – deya Queensbury Promotions`ga intervyu bergan Tayson Fyuri.
Eslatib o'tamiz, bugun Mozes Itaumi Saudiya Arabistonida o'tkaziladigan boks oqshomida hamyurti Dillian Uaytga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Fikrlar