So’nggi yangiliklar

22:12Нурсултон Рўзибоев иштирокидаги жанг бекор бўлди 0 20:00UFC медиаҳуқуқларни 8 миллиард долларга сотди. Қандай қилиб бунчалик кўп? 0 19:2693 ёшли Дон Кинг супероғир вазнда камар учун кечадиган жангни анонс қилди 0 19:05"Пушкаш" мукофоти совриндори фаолиятини 33 ёшида якунлади 0 18:44Усик WBO`дан мажбурий ҳимоя муддатини кечиктиришни сўради 0 18:23Дана Уайт: "Жонсдан кўра Конорга кўпроқ ишонаман" 0 18:02Коко Гофф Цинциннати турниридаги юришини давом эттирмоқда 0 17:41Жароҳати сабаб янги мавсум стартини ўтказиб юборадиган футболчилардан иборат рамзий жамоа 0 17:20Дюплантис 13-маротаба жаҳон рекордини янгилади 0 16:59Фундора — Турман жанги санаси ўзгарди 0 16:38Хоккей бўйича ёшлар терма жамоамиз илк хорижий йиғинига жўнаб кетди 0 16:17Роберто Манчини Россия клубида иш бошлаши мумкин 0 15:56"Бу менинг энг кучли рақибим эмас". Дю Плесси — Чимаев билан бўладиган жанг ҳақида гапирди 0 15:35Осиё Паралимпия қўмитасининг VIII Бош ассамблеяси ўз ишини якунлади 0 15:14"Биз мақтаниб юрганимизда, ўзбеклар меҳнат қилди". Қозоғистонлик мураббий ўзбек боксининг муваффақияти ҳақида гапирди 0

19 may 15:13
Yangiliklar

Boks/MMA

Xabib UFC`ga qaytishi haqida gapirdi

Engil vaznda sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov jamoasidagi afsonaviy do'sti Daniel Kormening fikriga munosabat bildirdi.

Ikki vaznda sobiq UFC chempioni hisoblangan Korme agar CHarlz Oliveyra chempionlik jangida Islam Maxachevni mag'lub etib qo'ysa, Xabib oktanonga qaytishi mumkinligi haqida gapirgan edi.

"Di Si har doim turli o'yinlarni boshlagan va hozir ham shunday qilyapti. Albatta, vaziyatga real qarasak, bu muxlislar uchun ajoyib yangilik bo'lar edi. Aqlbovar qilmas drama, lekin men Islamni kimdir yutib qo'ysa, o'sha paytdagi emocional holatim qanday bo'lishini tasavvur ham qila olmayman", - dedi Xabib. 

"Men Islam bilan bolalikdan otamning qo'l ostida chamasi 20 yil mashg'ulot o'tkazdik. Keyin birgalikda havaskor faoliyatimiz boshlandi. Navbati bilan professionalga o'tdik. SHu o'tgan 20 yil davomida biz greppling, sambo va aralash yakkakurash bo'yicha doimiy tarzda raqobatlashib keldik. Islamni mag'lub etishga chog'langan 300 nafardan ziyod sportchini ko'rdim. Urinishlarning bari chippakka chiqqan. SHu boisdan ham, agar CHarlz  Islamni mag'lub etsa, biz uning mahoratiga tan beramiz. Albatta, bu holat ro'y bersa, men o'zimni yomon his qilaman. Ammo, Kormening bu gaplari Xabib shunday holatda oktagonga qaytishiga xizmat qilmaydi".

SHuningdek, Xabib Nurmagomedov Islam Maxachev va CHarlz Oliveyra o'rtasidagi ehtimoliy jangning Abu-Dabi yoki Rio-de-Janeyroda o'tkazilish variantiga ham to'xtatlib o'tdi. 

"CHarlz va Islam zrtasida vakant qolgan chempionlik kamari uchun jang o'tkazilsa, adolatdan bo'lar edi. Ochig'ini aytaman, agar jang manzilini belgilashni menga qo'yib berishsa, Braziliyani tanlagan bo'lar edim. Islam CHarlz Oliveyrani uning vatanida mag'lubiyatga uchratishini xohlayman. CHempionning vataniga borib, kamar bilan ortga qaytish bu so'z bilan tasvirlab berilmaydigan hissiyotlarni taqdim etadi. Bu jang haqida yaqin 50 yil davomida gapirishadi, muhokama qilishadi. Ishonchim komil, bu Islamga ham yoqadi". 

"Keyin UFC dekabr oyida Braziliyada katta shou o'tkazmoqchi ekanini eshitdim. Bu bizga ham maqul keladi. CHarlz Oliveyraning murabbiyi "Braziliyaga kelinglar", deganmidi. Bu borada bizda muammo yo'q. Islam Braziliyaga boradi va CHarlzdan o'ziga tegishli bo'lgan narsani olib, uyga qaytadi", - deya so'zlariga yakun yasadi Nurmagomedov.

Reyting: -1   

Fikrlar

   
19 may 16:20:26
tuhtamurodov_i
жа эздингку шу Махачевин билан
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing