15 avg 12:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Nimalar bo'lyapti? UFC 319 doirasidagi yana bir jang bekor bo'ldi
Yakshanba tongida AQSHning Illinoys shtati, CHikago shahrida MMA bo'yicha UFC 319 turniri o'tkaziladi.
Turnir doirasida ukrainalik aralash yakkakurash ustasi, yarimo'rta vazn toifasida faoliyat olib boruvchi Daniil Donchenko The Ultimate Fighter 33 shousining final jangida oktagonga chiqishi kerak edi. Unga braziliyalik Rodrigo Sesinando (10:1) raqiblik qilishi rejalashtirilgandi.
Ammo insayder Aaron Bronsteterga malum bo'lishicha, Sesinando jarohat olgan. Jurnalist Marsel Dorfning xabar berishicha, jang 13 sentyabr kuni UFC Noche turnurida o'tkaziladi.
Qayd etish joiz, Donchenko o'z vaqtida hamyurtimiz Amirxon Alixo'jaev bilan jang qilib, g'olib bo'lgandi.
Havola :
Manba : Vestnik MMA
Fikrlar