So’nggi yangiliklar

19:40Абдель-Азиз ижтимоий тармоқларда: "Махачев. Тез орада" 0 19:17Жейк Пол WBA рейтингида ТОП-15'га киритилди 0 18:53"Рома" мухлислари рекорд миқдорда абонемент сотиб олди 0 18:30Царукян Топурияга жавоб қайтарди: "Қўрқув бу - ҳақиқий рақибдан қочиш" 0 18:07Афруза Ҳамдамова Қозоғистондаги турнирдаги ғолиблик орқали 51 балл ишлаб олди 0 17:45"Идеал вариант". Илия Топурия кейинги жангини қачон ўтказмоқчи эканини айтди 0 17:23Фофанага қизиқувчилар сони ортмоқда: Англиядан икки таклиф бор 0 17:00Топурия Гэтжи билан жанг қилишни истамаяпти 0 16:38Эмма Радукану "Уимблдон"да муваффақиятли старт олди 0 16:16Темиров - Алмабаев жанги ғолибига даъвогар билан жанг қилиш таклифи берилди 0 15:55Станислав Черчесов: "Нега Ўзбекистон мундиалдаги "сюрприз" жамоа бўлмаслиги керак?" Станислав Черчесов билан эксклюзив интервью 0 15:28Топурия: "Царукян қўрқиб қолган. У жанг қилмаслиги аниқ бўлганда вазн қила олади" 0 15:05Уимблдон. Амалдаги чемпион 4,5 соатлик учрашув ўтказди 0 14:42WBA рейтинги янгиланди: Шаҳрам ва Бектемир биринчи ўринда қолди. Қолганларнинг ўрни қандай? 0 14:21Алонсонинг биринчи "қурбони": "Реал" устози ҳимоячиларнинг биридан воз кечди 0

30 sen 21:00
Yangiliklar

Dzyudo

Xanchjou-2022, Parij-2024: Dzyudo federaciyasining taqdimoti o'tkazildi

Olimpiya sport turlari bo'yicha terma jamoalarimizning Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari hamda Parij-2024 Olimpiadasi uchun namoyish qilayotgan taqdimot rejalari davom etadi.

Bugun kunning ikkinchi yarmida ZOOM platformasida O'zbekiston dzyudo federaciyasining ushbu ikki nufuzli musobaqaga bag'ishlangan taqdimoti o'tkazildi. Tadbirda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi hamda O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mutasaddilari kuzatib borishdi.

Taqdimotni O'zbekiston dzyudo federaciyasi rais o'rinbosari SHoatxam Isroilov namoyish qildi. Mutaxassis yaqin 4 yil ichida dzyudo olamida ro'y beradigan voqeliklar, jumladan, poytaxtimiz mezbonlik qiladigan kattalar o'rtasidagi jahon chempionatiga tayyorgarlik, vazn toifalaridagi rotaciyalar, selekciya ishlari, Tokio Olimpiadasiga 10 ta shaxsiy vazn toifalari va jamoaviy yo'nalishda licenziya qo'lga kiritish rejalari haqida batafsil gapirib berdi.

SHuningdek, taqdimot davomida MOQ prezidenti maslahatchisi Nazirjon Xudoyqulov ham o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Taqdimot bilan yaqindan tanishdik. Aytish mumkinki, barchasi aniq va ravshan ko'rsatib o'tilgan. SHu o'rinda selekciya ishlarini yanada chuqurroq va keng ko'lamda olib borish muhim. Zero, dzyudo doimo yurtimiz nomini dunyoga tanitgan sport turlaridan hisoblanadi. Bu borada Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Milliy olimpiya qo'mitasi o'z yordamini berishga tayyor”, – dedi N.Xudoyqulov.

Tadbir davomida Ravshan Ahmadjonov terma jamoamizning o'z oldiga qo'ygan ulkan maqsadlari hamda mazkur taqdimot bo'yicha atroflicha fikr-mulohazalar bildirdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing