So’nggi yangiliklar

14:54Пакьяо қачон кейинги жангини ўтказиши маълум бўлди 0 14:31Оливейра Физиев билан жанг анонсига муносабат билдирди 0 14:10Жанлуижи Доннаруммага бошқа ТОП клублардан таклиф тушди 0 13:48"Аҳмоқ ва руҳан заиф инсон". Стрикленд — Чимаев ҳақида фикрларини билдирди 0 13:23Расман: UFC турнирлари эндиликда мамлакатимиз ҳудудида ўзбек тилида намойиш этилади 0 13:02Мукофот жамғармаси 6 млн доллар бўлган турнир иштирокчилари тасдиқланди 0 12:41Модрич "Реал"га қайтиши мумкин 0 12:20Хамзат Чимаев — Оқ уйдаги эҳтимолий жанг ҳақида: "Мени депорт қилиб юборган бўлишарди" 0 11:59"Конор агар тўлиқ тайёргарлик кўрганида Хабибни ютарди" - Лобов 0 11:37Чимаев дю Плессига қарши беш раундлик жангга тайёр 0 11:15Можаро давом этади. Тер Штеген "Барселона" шифокорларини уйига киритишдан бош тортмоқда 0 10:54Осиё чемпионати: Бугун U-19 ёш тоифасидаги ярим финал баҳслари ўтказиляпти, унда 12 нафар боксчимиз иштирок этади (Жонли эфир) 0 10:33Слаломда эшкак эшувчиларимиз Осиё кубогига Хитойда тайёргарлик кўришяпти + ФОТО 0 10:12"Бу жуда муҳим". Бивол Кроуфордга Канело устидан ғалаба калитини айтди 0 09:51"Олтин тўп"га даъвогарларнинг янгиланган рейтинги эълон қилинди. Ким фаворит? 0

06 apr 16:25
Yangiliklar

Boks/MMA

Yan Sterling bilan jangga o'z taxmini bildirdi

Eng engil vaznda vaqtinchalik UFC chempioni Pyotr Yan Aljemeyn Sterling bilan bo'lajak birlashtiruvchi jangi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Rossiyalik jangchining so'zlariga ko'ra, Aljemeyn ijtimoiy tarmoqlar orqali qasddan Rossiya-Ukraina mavzusini yoritib, uning AQSH hududiga kiritilmasligiga umid qilgan.

"Albatta, u bora olmasligimga umid qilgandi — uning Rossiya va Ukraina o'rtasidagi vaziyatga qanday murojaat qilganini, ukrain bayrog'i suratini joylaganini hammangiz ko'rdingiz. U buni siyosiy "samolyot"ga o'tkazishga harakat qildi, chunki u men kelsam, honavayron bo'lishini bilar edi", - deb takidlagan Yan.


Murabbiylar bilan bog'liq vaziyatga keladigan bo'lsak, Yan hali ham Genri Sexudo va SHon O'Melli yordamiga ishonishini aytdi.

"Yordamini taklif qilgan bir qancha yigitlar bor. Sexudo va SHon tayyor edi — ular yakshanba kuni burchagimda bo'ladi deb umid qilaman. Muximi, ular jim bo'lib — biri suv etkazib, yana biri muz etkazib turadi, ahmoqona maslahatlarini bermasligi uchun. Hech qanday stress yo'q — sekundantlar uzun va qisqa bo'ladi, hammasi aniq bo'ladi".


SHuningdek, Pyotr raqibining bu jangda eng yaxshi jangini ko'rsatishi haqidagi bayonotini izohladi.

"Bu hech qanday ahamiyatga ega emas. Yakshanba kuni o'zimdan boshqacha versiya kutyapman. Har tomonlama. U bilan jang qilganimdan beri ancha yaxshilandim, yuz foiz. Men hech kimda savolga hojat qoldirmaslikni xohlayman. Siz yana o'tirib yig'layotgan boshni ko'rasiz. O'g'lim Sterlingni mag'lub qilishimni xohlayapti, men shunday qilaman. Men buni yakshanba kuni tugataman va hamma bu masxarabozni unutadi. O'tgan safar u yig'lagan edi — endi u yig'lamaydi, sababi u "uxlaydi".

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing