28 avg 10:13
Yangiliklar

Yosh dzyudochilarimiz Jahon chempionatini 3 ta oltin medal bilan boshlashdi. Medallar jamg'arish reytingida birinchimiz!
Unda ishtirok etayotgan O'zbekiston terma jamoasi musobaqaning ilk kunidayoq 3 ta oltin medalni qo'lga kiritdi. Bunday start jamoamiz tarixida hali bo'lmagandi.
Qayd etish joiz, Dilafro'z Boltaboeva Barchinoy Qodirova (2022 yil) va Diyora Keldiyorova (2015 yil)dan keyin ushbu yosh toifasidagi Jahon chempionatida g'alaba qozongan o'zbekistonlik uchinchi dzyudochi qizga aylandi.
To'rtta finaldan 3 tasida g'alaba qozonib, oltin medalga ega chiqqan O'zbekiston terma jamoasi Bolgariya mezbonlik qilayotgan kadetlar o'rtasidagi jahon chempionatining birinchi kunidan so'ng medallar jamg'arish bo'yicha umumjamoa hisobida mutlaq ustunlik bilan peshqadamlikni qo'lga oldi.
Kuchli uchlikdan rossiyalik dzyudochilardan tarkib topgan IJF bayrog'i ostidagi jamoa hamda Turkiya terma jamoasi joy olgan.
Ilk kungi bellashuvlardan keyingi medallar jamg'arish reytingi:
Oltin medallar:
-40 kg: Dilafruz Boltaboeva
-50 kg: Xushnud Sultonov
-55 kg: Xushnudbek Burxonov.
Fikrlar