28 avg 11:37
Yangiliklar
Qishki sport turlari, Osiyo o'yinlari

Saudiya Arabistoni 2029 yilgi qishki Osiyo o'yinlari mezbonligidan voz kechmoqchi
Yana uch yarim yildan so'ng Saudiya Arabistonidagi Trojena tog'-chang'i kurortida qishki Osiyo o'yinlari o'tkazilishi rejalashtirilgandi.
Biroq kurort qurilishida qator muammolar yuzaga kelgan.
Gap shundaki, Saudiya Arabistoni Trojena tog'-chang'i kurortini deyarli hech qachon qor yog'maydigan sahroda qurmoqda. Bu erda qishki o'yinlar o'tkazish uchun sharoit yaratish anchayin qimmat bo'ladi.
Hozirda mamlakat mezbonlikni ko'chirish bo'yicha boshqa davlatlar bilan muzokaralarni boshlagini aytiladi.
Yodingizda bo'lsa, so'nggi qishki Osiyo o'yinlari joriy yilning fevral oyida Xitoyning Xarbin shahrida o'tkazilgan va unda O'zbekiston delegaciyasi 1 ta oltin medalga ega chiqqan edi.
Havola :
Manba : insidethegames.biz
Fikrlar