So’nggi yangiliklar

12:58"Аспиналлни тезроқ октагонга қайтариш керак" - собиқ чемпион 0 12:34Жалолов билан жанг қилиши мумкинлиги айтилган Мурат Гассиев Тайсон Фьюрига қарши рингга чиқиши мумкин 0 12:07"Биз айнан шу зарбани ишлагандик" - Сонг Ядонг нокаут ҳақида 0 11:40"Барселона" ҳимоячиси € 8,5 млн эвазига "Реал Сосьедад"га ўтди 0 11:13Двалишвили Нурмагомедовнинг мағлубиятига битта эмоджи билан муносабат билдирди 0 10:49Ҳумоюн билан жанг қилиши кутилган Мадраҳимов Тошкентга октагонга чиқади + ПОСТЕР 0 10:22Ислам Махачев Нурмагомедовнинг UFC`даги иккинчи мағлубияти ҳақида гапирди 0 09:57Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита қизиқарли учрашув бор 0 09:23Lausanne Grand Slam 2026. Бугун оғир вазнли дзюдочиларимизга мухлислик қиламиз. Улар орасида Тўрабоев ҳам бор! 0 08:55Умар Нурмагомедов кечаги кутилмаган нокаутига илк бор изоҳ берди 0 08:26Жасурбек "Тайсон" Жўраев бир ҳафтадан кейин Тошкентда жанг қилади + ПОСТЕР 0 07:54"Интер Майами" "Монреаль"ни тор-мор этди. Мессидан покер 0 07:31Оғир вазн келажаги сифатида эътироф этилган Мозес Итаумани чуқур нокаутга учратишди 0 22:32Lausanne Grand Slam 2026. Ўзбекистон терма жамоаси иккинчи кунни ҳам медаль билан якунлади 0 21:11Шоҳсанам Шерзодова ва Нилуфар Зокирова жаҳон чемпионати кумуш медали совриндори 0

28 okt 22:17
Yangiliklar

Og'ir atletika

14 nafar og'ir atletikachimiz Osiyo chempionati sovrindori bo'ldi

Koreya Xalq Demokratik Respublikasining Pxenyan shahrida og'ir atletika o'smirlar va yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati o'z yakuniga etdi.

Quvonarlisi, unda O'zbekiston terma jamoasi ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Mazkur qita birinchiligida ishtirok etgan 17 nafar sportchimizning 14 tasi g'olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi. Yana bir ahamiyatli tomoni yigitlarimiz yoshlar o'rtasida umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egallagan bo'lsalar, qizlarimiz kuchli uchlikni yakunlab berishdi. 

Eslatib o'tamiz, ushbu musobaqa davomida Kumushxon Fayzullaeva (-64 kg) o'smirlar o'rtasida siltab ko'tarish va ikki kurash bo'yicha jahon rekordlarini ham yangilashga muvaffaq bo'ldi. 

G'olib va sovrindor sportchilarimiz:

Oltin medal:

Kumushxon Fayzullaeva (-64 kg, yoshlar)
Tursunoy Jabborova (-76 kg, o'smirlar)
Asadbek Narimanov (-73 kg, o'smirlar)
Muhammadqodir Toshtemirov (-81 kg, yoshlar)
Doniyor Hamidov (-102 kg, o'smirlar)
Azimjon Hojiev (-102 kg, yoshlar)

Kumush medal:

Nigora Abdullaeva (-49 kg, o'smirlar)
Og'abek To'xtaev (-73 kg, o'smirlar)
Sarvarbek Zafarjonov (-89 kg, yoshlar)
Mirhosil Mirzabaev (-109 kg, o'smirlar)

Bronza medali:

Layloxon Xursanova (-71 kg, yoshlar)
Nigora Suvonova (-71 kg, o'smirlar)
Dolera Davronova (-87 kg, yoshlar)
Hojiakbar Olimov (-67 kg, o'smirlar)

Delegaciyamiz azolari bugun soat 19:35 da Toshkent xalqaro aeroportiga etib kelishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing