16 apr 07:27
Yangiliklar
Tennis
17 yoshga hali to'lmagan Mirra Andreeva Ruanda muvaffaqiyatli start oldi
Franciyaning Ruan shahrida tennis bo'yicha WTA turniri bo'lib o'tmoqda.
Dunyoning 43-raketkasi bo'lib turgan Mirra Andreeva musobaqadagi ishtirokini g'alaba bilan boshlab oldi. O'n bir kundan so'ng 17 yoshga to'ladigan rossiyalik iqtidor egasi ilk davrada WTA reytingida 65-pog'onadan joy olgan argentinalik Nadya Podoroshkani ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/1, 6/3.
Tennischilarning o'zaro ikkinchi uchrashuvida ham Mirraning qo'li baland keldi. Etmish olti daqiqa davom etgan bahsda Andreeva 2 ta eys, 5 ta breykni amalga oshirdi. Ikkala tennischi ham qo'shxatoga yo'l qo'ymadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar