14 may 08:46
Yangiliklar
Tennis
17 yoshli ikkinchi raketkamiz Belozercev Serbiya turniri 1/8 finalida
Serbiyaning Kurshumliya-Banya shahrida tennis bo'yicha M15 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tayotgani haqida xabar bergan edik.
Musobaqada mamlakatimizning ikkinchi raketkasi, Ukrainadan mahalliylashtirilgan Nikita Belozercev ham o'z omadini sinab ko'rmoqda. 17 yashar tennischimiz ilk davrada serbiyalik Luka Keramilakka qarshi kortga chiqdi va 7/5, 6/1 hisobida g'alaba qozondi.
Malumot uchun, turnirda oltinchi raqam ostida tasniflangan Nikita Belozercev ayni paytda ATP reytingida 780-o'rinni egallab turibdi. Uning raqibi esa hali reytingga kiritilmagan. Bugun vakilimiz 1/8 finalda yana bir serb tennischisi Simeone Stankovichga qarshi bahs olib boradi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar