02 may 10:16
Yangiliklar
Tennis
17 yoshli Mirra Andreevani 1/4 finalda to'xtatishdi
Dunyoning 43-raketkasi bo'lib turgan Mirra Andreeva Madrid WTA 1000 turniridagi ishtirokini yakunladi.
Kuni kecha 17 yoshga to'lgan rossiyalik iqtidor egasi 1/4 finalda dunyoning ikkinchi raketkasi, belaruslik Arina Sobolenkoga 1/6, 4/6 hisobida yutqazib qo'ydi. Tajribali Arina tennischilarning o'zaro ikkinchi uchrashuvida ham Mirradan ustun keldi. Bir yil avval Sobolenko aynan shu turnirning to'rtinchi davrasida Andreevani mag'lub etgandi.
Etmish to'qqiz daqiqa davom etgan bahsda Andreeva 3, Sobolenko 1 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar Mirrada ko'proq bo'ldi - 2 ga 1. Breyklar bo'yicha mutlaq ustunlik Arinada - 3 ga 0. Endi belaruslik tennis malikasi Mutua Madrid Open 1/2 finalida qozog'istonlik Elena Ribakinaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar