23 iyu 12:36
Yangiliklar
Tennis
17 yoshli tennischimiz Plovdiv Challenger turnirining asosiy to'riga chiqdi
Bolgariyaning Plovdiv shahrida tennis bo'yicha Challenger 50 toifasiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 56,700 dollarni tashkil etuvchi turnirning saralash bahslari yakunlandi.
Unda O'zbekistonning uchinchi raketkasi Nikita Belozercev ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Saralash bahslarida o'ninchi raqam ostida tasniflangan 17 yoshli tennischimiz 1/2 finalda bolgariyalik Anas Mazdrashkini 6/2, 6/2, hal qiluvchi final uchrashuvida esa reytingda o'zidan 190 pog'ona yuqorida borayotgan ruminiyalik Romeyn Fakonni 6/3, 4/6, 6/3 hisobida mag'lub etdi.
Taqqoslash uchun, Nikita Belozercev ATP reytingida 765, Anas Mazdrashki 828, Romeyn Fakon esa 575-o'rinni egallab turibdi. Bugun vakilimiz asosiy to'rning ilk davrasida dunyoning 363-raketkasi italiyalik Enriko Dalle Vallega qarshi kortga chiqadi. Ushbu bahs bizning vaqt bilan soat 14:00da boshlanadi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar