09 iyu 13:39
Yangiliklar
Futbol

G'orda qamalib qolgan yosh futbolchilarni qutqarish operaciyasi boshlandi+FOTO
Tailand shimolidagi g'orda qamalik qolgan yosh futbolchilarni qutqarish operaciyasiga start berildi.
23 iyun kuni 12 nafar yosh futbolchi va ularning murabbiy musson yomg'irlari tufayli Txam Luang g'orida qamalib qolgan edi. Ayni damda qutqaruvchilar ikki bolakayni olib chiqishga muvaffaq bo'lishdi.
Bugun Narongsak provinciyasi gubernatori boshchiligidagi qutqaruvchilar shtabi bolalarni qutqarib olishning yakuniy bosqichi boshlangani haqida xabar berishdi. Bungacha ular bir necha kun davomida g'ordan suvni tortib olishdi.
Malumot uchun, 12 nafar suv ostiga sho'ng'uvchilar, yani g'avvoslar bolalar va ularning murabbiyini birin-ketin olib chiqish uchun g'orning narigi burchagi tomon otlanishdi. Qutqaruvchilar maktab o'quvchilarini akvalangdan foydalanishga o'rgatishdi.
Havola :
Fikrlar