So’nggi yangiliklar

12:05Кукурелья Гюлер ҳақида: "У ёш болага ўхшайди, лекин унинг ўйини ҳайратланарли" 0 11:34UFC 334 турнирининг асосий янгилиги Нурмагомедов бўлиши мумкин 0 11:03Тўртта вазнда UFC рейтинги янгиланди 0 10:32Лос-Анжелес-2028: енгил атлетика бўйича саралаш тартиби ва меъёрлари тасдиқланди 0 10:22Ёшлар Олимпиадасидаги медалларимиз сони яна биттага кўпайди 0 10:01"Арсенал" "Реал"га Субимендининг нархини эълон қилди 0 09:30Юнон-рум кураши. Ўзбекистон чемпионатининг биринчи куни 5 та вазнда ғолиблар аниқланди 0 08:59Икки боксчимиз Ёшлар Олимпиадаси медалини нақд қилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:28Волков расм орқали UFC чемпионлиги учун жанг сўради + ФОТО 0 08:03"Манчестер Юнайтед" Почеттинонинг вакиллари билан музокаралар ўтказди 0 07:32Total Chess. Абдусатторовдан "даҳшатли" старт. У фақат Бибисарани хафа қила олди холос 0 07:01Фомин Грециядаги "Челленжер"ни илк босқичдаёқ тарк этди 0 20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0

17 iyu 16:16
Yangiliklar

Futbol

Uch nafar o'zbekistonlik futbolchi Angliya klubida ko'rikdan o'tish uchun jo'nab ketdi

Teglar :  Futbol
"Paxtakor" yosh hujumchisi Saidumarxon Saidnurullev Angliyaning KPR klubida ko'rikdan o'tishi haqida oldinroq elon qilgandik.

Tunda Saidnurullaev "Surxon"ning ikki futbolchisi Behruz Karimov va Behruz SHukurullaev bilan birga Toshkent-Istanbul-London yo'ynalishida jo'nab ketishdi. Uchala futbolchi ham ikki hafta davomida KPR yig'inida ishtirok etishlari ko'zda tutilgan.

"Kuinz Park Reynjers" klubi 1882 yilda London shahrida tashkil topgan. Uy o'yinlarini 18439 tomoshabinga mo'ljallangan "Loftus Roud" stadionida o'tkazadi. Ayni paytda jamoani ispaniyalik murabbiy Marti Sifuentes boshqarmoqda. Ayni paytda KPR Angliya CHempionship ligasida (APLdan bitta past divizion) ishtirok etmoqda.

Malumot uchun, SHukurullaev 2006 yilda tug'ilgan, chap qanot futbolchisi. "Odil Ahmedov" akademiyasi tarbiyalanuvchisi. Bu yildan "Surxon" safida barcha musobaqalarda 4 ta uchrashuvda maydonga tushdi.



Karimov 2007 yilda tug'ilgan, o'ng qanot himoyachisi. "Odil Ahmedov" akademiyasi tarbiyalanuvchisi. Bu yildan "Surxon" safida barcha musobaqalarda 6 ta uchrashuvda maydonga tushdi.




Saidnurullaev 2005 yilda tug'ilgan "Paxtakor" klubi tarbiyalanuvchisi. Bu mavsum O'zbekiston kubogida 1 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



Eslatib o'tamiz, uchala futbolchi ham "Football Group" agentligiga tegishli. Ushbu agentlik Abduqodir Husanovning huquqlarini ham himoya qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing