17 iyu 19:02
Yangiliklar
Boks/MMA

SHavkat Rahmonov qachon oktagonga qaytishini aytdi
Qozog'istonlik UFC jangchisi SHavkat Rahmonov tizzasi operaciya qilinganidan so'ng, tiklanish jarayonini o'tkazmoqda.
"O'zim ham qaytishni juda xohlayapman. Faqat jarohatni to'liq davolab, jangga tayyor bo'lish kerak. Hozircha hammasi vaziyatga bog'liq. Albatta, chempionlik kamari uchun jang qilishni xohlayman, lekin vaqt ko'rsatadi. Eng muhimi, men tayyor bo'lishim kerak — raqib kim bo'lishidan qati nazar. Dekabrda oktagonga qaytish niyatim borligi haqidagi xabar rost, lekin bu jarayon jarohat bezovta qilmasligiga bog'liq. SHunisi aniqki, men bu yil jang qilmoqchiman", — dedi Rahmonov.
Havola :
Manba : Вестник ММА
Fikrlar