18 iyu 09:47
Yangiliklar
Dzyudo

Bugun jahon chempionatida birgina dzyudochimiz o'z omadini sinab ko'radi
Vengriya poytaxti Budapesht shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionati o'z ekvatoridan o'tdi.
Dunyo birinchiligining oltinchi kungi bahslariga ham etib keldik. Bugun ayollar o'rtasida -78, erkaklarda esa -100 kg vazn toifasida bellashuvlar tashkil etiladi. Dzyudochilarimizdan birgina Marjona Ko'chimova o'z omadini sinab ko'radi. Terma jamoamiz vakilasi ilk davrada kubalik Lianet Kardonaga qarshi tatamiga chiqadi.
Bugun kurashadigan dzyudochimiz:
-78 kg: Marjona Ko'chimova – Lianet Kardona (Kuba)
Malumot uchun, bugungi saralash dasturi bizning vaqt bilan soat 14:30da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar