So’nggi yangiliklar

12:05Кукурелья Гюлер ҳақида: "У ёш болага ўхшайди, лекин унинг ўйини ҳайратланарли" 0 11:34UFC 334 турнирининг асосий янгилиги Нурмагомедов бўлиши мумкин 0 11:03Тўртта вазнда UFC рейтинги янгиланди 0 10:32Лос-Анжелес-2028: енгил атлетика бўйича саралаш тартиби ва меъёрлари тасдиқланди 0 10:22Ёшлар Олимпиадасидаги медалларимиз сони яна биттага кўпайди 0 10:01"Арсенал" "Реал"га Субимендининг нархини эълон қилди 0 09:30Юнон-рум кураши. Ўзбекистон чемпионатининг биринчи куни 5 та вазнда ғолиблар аниқланди 0 08:59Икки боксчимиз Ёшлар Олимпиадаси медалини нақд қилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:28Волков расм орқали UFC чемпионлиги учун жанг сўради + ФОТО 0 08:03"Манчестер Юнайтед" Почеттинонинг вакиллари билан музокаралар ўтказди 0 07:32Total Chess. Абдусатторовдан "даҳшатли" старт. У фақат Бибисарани хафа қила олди холос 0 07:01Фомин Грециядаги "Челленжер"ни илк босқичдаёқ тарк этди 0 20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0

15 iyu 16:14
Yangiliklar

Futbol

Abdurauf Bo'riev: "Qiziqchilarning futbol mavzusiga nuqta qo'ydik"

Superliganing 12-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Paxtakor" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar yarim himoyachisi Abdurauf Bo'riev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Jahon chempionati saralash bosqichidan keyingi jarayon qanday o'tyapti? Bugungi o'yin haqidagi fikrlaringiz...

- Orzularimdan biriga erishdim. Aslida ikkitasiga desa ham bo'ladi. Sababi, Olimpiya o'yinlarida ham ishtirok etish istagi amalga oshdi. Ikkinchisi – jahon chempionati. Bundan juda xursandman. FIFA kunlaridan so'ng chempionatning navbatdagi tur o'yinlariga tayyorgarlikni boshlab yubordik. "Bunyodkor"ga qarshi o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Vaziyatlardan foydalana olmaganimiz, g'alaba qozonishimizga to'sqinlik qildi.

- "Paxtakor" so'nggi o'yinlarda ketma-ket g'alaba qozonayotgandi. Seriyaga barham berilishiga raqibning qaysi jihatlari to'sqinlik qildi?

- Bunga faqat o'zimiz aybdormiz. Hujumlarni yakunlashda aniqlik etishmadi. 

- Biroz mavzudan yiroqlashamiz. O'zbekiston yaqinda jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Bu mavzu uzoq yillar davomida so'z ustalarining asosiy mavzularidan biriga aylangandi. Futbolchi sifatida buni qanday qabul qilardingiz va endigi munosabatingiz qanday?

- Ha, bu haqda eshitardik, tomosha qilardik. Menimcha, ularning mavzusiga nuqta qo'ydik deb o'ylayman. Endi bu mavzuga qaytilmasa kerak.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing