17 iyu 18:39
Yangiliklar

"UFC 318 turniri u uchun tashkil etilmoqda" - Dana Uayt
Bu musobaqa orqali u o'zining sevimli shahri — Nyu-Orleanda muxlislari bilan xayrlashadi.
"Butun dunyo uchun Dastin Pore — bizning katta yulduzimiz. U bu sportda juda ko'p narsaga erishgan. Rostini aytsam, ushbu turnir aynan uning uchun. U o'zining so'nggi jangini Nyu-Orleanda o'tkazib, faoliyatini shu erda yakunlashni xohladi. Endi biz shu erdamiz. Hozir u engil vazn reytingida beshinchi o'rinni egallab turibdi va uzoq vaqt davomida kuchli o'nlikda bo'lgan. U katta natijalarga erishdi. Pore — barcha davrlarning eng kuchli jangchilaridan biri. UFC tarixida minglab jangchilar bo'lgan, men uni aniq qaysi o'ringa qo'yishni bilmayman, lekin u albatta eng yaxshilar qatorida. Pore Maks Xollouey bilan jang qiladi — u ham eng buyuklardan biri. Bu ajoyib jang bo'ladi", — dedi Uayt.
Fikrlar