So’nggi yangiliklar

00:49РАСМАН. UFC Ислам Махачевнинг кейинги рақиби, жанг санаси ва манзилини эълон қилди! 0 19:03Жаҳон кубоги. Жавоҳир Умматалиев қозоғистонлик рақибини мусобақадан чиқариб юбориб, кейинги босқичга йўл олди 0 18:16Шавкат Мирзиёев эртанги ўйинни уйда, оила даврасида, набиралари билан томоша қилади 0 17:39Пара енгил атлетикачиларимиз Тунис Гран-присидаги иштирокини бошлашди 0 16:58"Уни муаммосиз мағлуб этаман". Макгрегор — Гэтжи билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 16:21"Илия бу жангда ғалаба қозониш учун ўлишга ҳам тайёр эди" - Топуриянинг акаси 0 15:56Конго ДР бош мураббийи ЖЧ-2026 гуруҳ босқичида неча очко тўплаш мақсади борлигини айтди 0 15:22Султонов Венгрия турниридаги юришини бошлади 0 14:47Теренс Кроуфорд Конор Макгрегорга кескин жавоб қайтарди 0 14:09Мейвезерни қимматбаҳо соатларни ўғирлашда айблашмоқда. Жазо 20 йилгача қамоқ бўлиши мумкин! 0 13:30Колумбия терма жамоаси бош мураббийи: "Кўпчилик Ўзбекистонни осон рақиб деб ўйлаши мумкин, аммо бу катта хато" 0 12:55Конор Макгрегор Ислам Махачев билан жанг қилишга тайёр эканлигини айтди 0 12:09Жаҳон кубоги. Абдумалик ғалаба билан бошлади, Тўрабек қозоғистонлик рақибдан устун келди 0 10:19Ислам Махачев ЖЧ-2026`да қайси терма жамоага мухлислик қилиши маълум 0 09:50Элдор Шомуродов матбуот анжуманида нималар деди? 0

01 mar 10:02
Yangiliklar

Boks/MMA

18 nafar bokschimiz Rossiyadan 14ta medal bilan qaytdi

Teglar :  Boks
O'tgan haftada Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida taniqli bokschi, hozirda Rossiya davlat dumasi deputati sifatida faoliyat olib borayotgan Nikolay Valuev sovrini uchun o'smirlar o'rtasida xalqaro turnir tashkil etildi.

Bir necha yildan beri ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan mazkur turnirda bu yil har qachongidan ham ko'p – qariyb 300 nafar yosh charm qo'lqop ustasi ringga ko'tarildi. Ular safida Respublika olimpiya zaxiralari kollejining 18 nafar o'quvchisi ham g'oliblik uchun bahs olib bordi. Quvonarlisi, 18 nafar bokschimizdan 14tasi yakunda sovrindorlar safidan joy oldi.

Xalqaro turnirda mezbonlardan tashqari qo'shni Qozog'istondan ham iqtidorli yoshlar ishtirok etdi. Kecha g'olib sportchilarimiz Toshkent shahridagi Janubiy vokzalda kutib olindi.

- Taniqli bokschi, og'ir vaznda sobiq jahon chempioni bo'lmish Nikolay Valuev sovrini uchun ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan xalqaro turnirning nufuzi yildan yilga ortib bormoqda. Buni joriy yilgi musobaqalarda jami 298 nafar yosh bokschi ishtirok etganiligi ham tasdiqlaydi. Musobaqada 18 nafar sportchi bilan qatnashib, ikkitadan oltin va kumush hamda 10ta bronza medalini qo'lga kiritdik. Sportchilarimizning har bir jangini Rossiya o'smirlar terma jamoasining murabbiylari kuzatib borishdi hamda shogirdlarimning mahoratiga yuqori baho berishdi. Ochig'ini aytish kerak, musobaqadagi raqiblarimiz kuchli edi, ammo bizning bokschilar ham ulardan kam emasligini amalda isbotlashdi. Tashkilotchilar musobaqaga sobiq Ittifoq respublikalaridan eng kuchli jamoalarni chaqirishganini aytishdi. 

Bilasiz, dunyo boksida Rossiya va Qozog'iston o'z o'rniga ega davlatlar sanaladi. Lekin shogirdlarim o'zbek boks maktabi vakillarining hech kimdan kam emasligini isbotlashdi. Buni xalqaro turnir davomida mutaxassislar ham etirof qildi. Endi shogirdlarim oldida turgan musobaqalarga kelsak, mart oyi oxiri aprel oyi boshida O'zbekiston chempionati o'tkaziladi. Ushbu musobaqada munosib qatnashishga harakat qilamiz, - dedi Sankt-Peterburgdagi xalqaro turnirda O'zbekiston sport delegaciyasiga rahbarlik qilgan murabbiy Akmal Hasanov.

Kezi kelganda takidlash kerak, 18 nafar bokschimizdan 14 nafarining yarim finalgacha etib borishi – bu o'zbek boks maktabining ertangi kuni ishonchli qo'llarda ekanini anglatadi. Natijalarimiz salmog'i bundanda ortishi mumkin edi, ammo...

Bugun havaskorlar boksining eng katta muammosi – hakamlik bo'lib, janglarda baholash mexanizmining shaffof emasligi boksning kelajagiga tahdid solmoqda. Uzoqqa bormaylik, o'tgan yili Xalqaro Olimpiya qo'mitasi havaskorlar boksini Olimpiya o'yinlari dasturidan chiqarib yuborish bilan tahdid qildi va bu masala hamon ochiq turibdi. Nikolay Valuev sovrini uchun o'tkazilgan xalqaro turnirda ham hakamlarning u yoki bu tarafga ochiqchasiga yon bosishi kuzatildi va eng yomoni jabrlanganlar qatorida yurtimiz bokschilari ham bor edi. Aks holda g'alabalarimiz salmog'i yanada ortgan bo'larmidi?!

Reyting: -1   

Fikrlar

   
01 mar 21:02:21
Michael Owen
2 oltin 2 kumush 10 ta bronza
   
01 mar 17:21:23
Angren.
Олтин борми узи? Сувга обориб сугормаяпслару админлар...
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing