So’nggi yangiliklar

15:18Ўзбекистон Кубоги. Ярим финалларнинг бошланиш вақтлари маълум 0 14:47UFC Fight Night 293 турнирининг бонуc cоҳиблари маълум 0 14:16Порье Махачевнинг жангдан бош тортгани ҳақида: "Менимча, у ҳеч кимдан қўрқмайди" 0 13:44"850 000 дан ортиқ овоз". Топурия UFC’даги кейинги рақиби ҳақида сўровнома эълон қилди 0 13:13Месси МЛС тарихида қаторасига икки мавсум тўпурар бўлган илк футболчига айланди 0 12:42"У иштонини ҳўллаб қўяди". Фьюри — Жошуа билан бўлажак жанги ҳақида 0 12:11Дональд Трамп Дана Уайт, Махачев ва Нурмагомедовга Оқ уйда ишлашни таклиф қилди 0 11:40Шара Буллетнинг жанги расман тасдиқланди + ПОСТЕР 0 11:09“Насаф” аёллар жамоаси Осиё Чемпионлар лигаси 1/4 финалига чиқди 0 10:38Умматалиев ғалаба қозонган оқшомнинг асосий жанги WBC камари учун кечди 0 10:07UFC Vegas 124: Қирғиз жангчиси 12-ғалабасини қўлга киритди 0 09:36Оғир вазнлилар иштирокидаги UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жангида нокаут! 0 09:05Туркия Суперлигаси. "Башакшеҳир" меҳмонда камбэк эвазига ғалабага эришди + ВИДЕО 0 08:34Диёра Келдиёрованинг қайси мусобақада қатнашиши маълум бўлди 0 08:03Қозоғистон Олимпиада-2028 учун илк лицензиясини қўлга киритди 0

04 sen 18:49
Yangiliklar

Boks/MMA

18 yoshli bokschi qiz jangdan so'ng vafot etdi

Teglar :  BoksZakarias Sapata
Meksikalik 18 yoshli bokschi qiz Zakarias Sapata Kanadadagi jang vaqtida xushini yo'qotib koma holatiga tushib qolganligi haqida xabar bergan edik.

SHanba oqshomida Monrealda o'tkazilgan boks musobaqasida jarohat olgan va keyinchalik komaga tushib qolgan meksikalik bokschi Jenet Zakarias Sapata oradan besh kun o'tib Monrealdagi yurak kasalliklari shifoxonasida vafot etdi. U 18 yoshda edi.

Bu xabar birinchi bo'lib ESPN Deportes va DAZN Mexiko tomonidan elon qilingan va kanadalik faxriy promouter Yvon Mishelning bayonotida tasdiqlangan.

«Jenet Zakarias Sapata bugun tushdan keyin 15:45 da vafot etganini biz uning oila azosi vakilidan chuqur qayg'u va azob bilan bilib oldik. Biz uning oilasiga, yaqinlariga, do'stlariga, va ayniqsa u bilan so'nggi daqiqalarga qadar birga bo'lgan turmush o'rtog'i Jovani Martinesga samimiy hamdardlik bildirmoqchimiz».

Tibbiy komaga yotqizilgan Sapata dastlab og'ir ahvolda edi. Ammo unda yaxshilanish alomatlari ko'rina boshlandi. Bu hech bo'lmaganda Mishelning so'zlariga ko'ra, jarrohlik amaliyotini istisno qilish uchun etarli edi.

«Dastlab, shifokorlar uning ahvoli barqarorlashishi yoki operaciyani davom ettirishni bilishmoqchi edi», - dedi Mishel matbuot anjumanida. «Aksincha, miyasining holati yaxshilandi, operaciya kerak bo'lmay qoldi».

Kecha Sapata uchun GoFundMe sahifasi ishga tushdi, uning maqsadi Sapataning tiklanish va davolanish harajatlariga yordam berish uchun 14000 dollar yig'ish edi. Payshanba kuni tunda jamg'arma 13143 dollar yig'ishga ulgurgan.

Mishelning so'zlariga ko'ra, Sapataning xuddi shu kechada jang qilgan turmush o'rtog'i Martines rafiqasining vafoti haqida hech qanday izoh bermagan.

«Jovanining qalbi vayron bo'lgan va u juda xafa. Bunday vaziyatda u izoh berishni xohlamaydi, shuning uchun siz uning qarorini hurmat qilishingiz va oilaga shaxsiy dahlsizligini saqlashga ruhsat berishingizni so'raymiz», - deyiladi Mishelning bayonatida.

SHuningdek, Mishel bu borada boshqa izoh berish niyatida emasligini takidladi.

Reyting:    

Fikrlar

   
04 sen 23:05:39
Mironsho Jabborov
R.i.p
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing