17 fev 09:46
Yangiliklar

18 yoshli iqtidor egasi Argentina Open turniri chempioni bo'ldi
Hal qiluvchi final uchrashuvida ATP reytingida 99-pog'onada borgan braziliyalik Joao Fonseka dunyoning 28-raketkasi argentinalik Francisko CHerundoloni mag'lub etishning uddasidan chiqdi - 6/4, 7/6(1).
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Bir yuz etti daqiqa davom etgan bahsda Fonseka 4, CHerundolo 3 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Breyklar bo'yicha ustunlik ham xuddi shu ko'rinishda Joao tomonida bo'ldi.
Argentina Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Fonsekaga 250 reyting ochkosi va 100,160 AQSH dollari miqdorida mukofot puli keltirdi. CHerundolo esa bir haftalik mehnatidan 165 ochko hamda 58,420 dollar ishlab oldi.
Fonseka18 yosh 5 oylik 26 kunligida tennis tarixidagi eng yosh 10 nafar chempionlar safiga kirdi. Qolaversa, u 2006 yilda tug'ilgan tennischilar orasida ATP sovrinini qo'lga kiritgan birinchi o'yinchiga ham aylandi. Argentinalik bugun elon qilinadigan yangi reytingda Top-70`da debyut qiladi va dunyoning 68-raketkasiga aylanadi.
Fikrlar