16 jan 16:49
Yangiliklar
Tennis
18 yoshli Mirra Andreeva faoliyatidagi beshinchi WTA finaliga chiqdi
Dunyoning sakkizinchi raketkasi bo'lib turgan rossiyalik tennischi Avstraliyaning Adelaida shahrida o'tkazilayotgan WTA 500 toifasiga kiruvchi turnirning finaliga yo'l oldi.
U rus derbisida vatandoshi Diana SHnayderni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 6/2. SHnayder WTA reytingida 23-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi bo'ldi - 2:0.
Sakson besh daqiqa davom etgan 1/2 final bahsida Andreeva 3 ta eys zarbasini amalga oshirib, 5 ta breykka erishdi va 5 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. 18 yoshli Andreeva WTA turnirlaridagi o'zining beshinchi finalida o'ynaydi. Uning raqibasi kanadalik 19 yoshli Viktoriya Mboko bo'ladi.

Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar