29 may 13:30
Yangiliklar
Tennis
200 ming evrodan ortiq. O'zbekistonlik tennischi qizlar "Rolan Garros"da qanchadan pul ishlab olishdi?
Franciyada tennis bo'yicha "Katta dubulg'a" turkumidagi "Rolan Garros" turniri o'tkazilmoqda.
Ushbu musobaqada o'zbekistonlik tennischi qizlar ham ishtirok etishdi va hozirga kelib o'z ishtiroklarini yakunlab ulgurishdi.
Qizlarimizning musobaqada qayd etgan natijalari va qo'lga kiritgan mukofot pullari bilan tanishing:
Mariya Timofeeva - saralashdagi ishtirokini ikkinchi davrada yakunladi: 33 ming evro va 20 reyting ochkosi;
Polina Kudermetova - saralashdagi ishtirokini uchinchi davrada yakunladi: 48 ming evro va 30 reyting ochkosi;
Kamilla Raximova - asosiy davraning ikkinchi bosqichiga etib bordi: 130 ming evro va 70 reyting ochkosi ishlab oldi.
Terma jamoamiz azolarining umumiy qo'lga kiritgan mukofot pullari 211 ming evroni tashkil etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar