So’nggi yangiliklar

16:16"Хабибнинг жамоаси қаерга бормасин, жанжаллар келиб чиқади". Уайт Нурмагомедовнинг ҳужуми ҳақида гапирди 0 15:31Салоҳ Миср терма жамоаси тарихидаги энг яхши тўпурарга айланди 0 14:42Двалишвили ҳибсдан озод этилганидан кейин илк бор муносабат билдирди 0 14:15Ўқ отиш спорти: Ўзбекистонлик спортчи илк бор Жаҳон чемпионатида трап дастурининг финалида қатнашди 0 13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0

08 noy 11:23
Yangiliklar

Suv sporti turlari

2025 yildan O'zbekistonda suzish va sinxron suzish bo'yicha xalqaro musobaqalar o'tkaziladi

"Suv sporti turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Prezident qarori (PQ-382-son, 04.11.2024) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, zarur sport infratuzilmasi mavjud bo'lgan olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida suv polosi hamda sinxron suzish guruhlari tashkil etiladi.

Andijon hamda Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida suvga sakrash sport turini yanada rivojlantirishga alohida etibor qaratiladi.

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti "Suv sporti turlari nazariyasi va uslubiyoti" hamda "Eshkak eshish sport turlari nazariyasi va uslubiyoti" kafedralari tashkil etiladi.

2025 yildan boshlab har yili quyidagi sport musobaqalari o'tkazib boriladi:

sinxron suzish sport turi bo'yicha Toshkent shahrida "Suv parisi" xalqaro turniri;

suzish sport turi bo'yicha Samarqand viloyatida "Silk Water" xalqaro turniri;

Respublikaning barcha hududlarida yoz mavsumida o'tkaziladigan "World Aquatics Day" ommaviy sport festivali;

suv sporti turlari bo'yicha O'zbekiston chempionatlari.

2025 yil 1 iyunga qadar davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy investorga beriladigan suv havzalari ro'yxati shakllantiriladi.

2026 yil 1 yanvardan boshlab o'zini o'zi moliyalashtirishga o'tkaziladigan suv havzalari faoliyati mazkur qaror asosida tashkil etiladi.

2026 yildan boshlab tajriba tariqasida Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatidagi mahallalarda 6x15 metr o'lchamli suzish havzalari barpo etiladi.

Qaror bilan 2025–2027 yillarda O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida suv sporti turlari infratuzilmasini yaxshilash bo'yicha manzilli dastur tasdiqlandi.

SHuningdek, 2025–2027 yillarda milliy terma jamoalar trenerlari, shuningdek, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida suv sporti turlari bo'yicha faoliyat yuritayotgan trenerlar xorijiy davlatlarga qisqa muddatli stajirovkaga yuboriladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing