So’nggi yangiliklar

20:30Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон АҚШни, Ўзбекистон-2 эса Нидерландияни мағлуб этди (барча натижалар) 0 19:07Осиё ўйинларининг еттинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:55Осиё ўйинларининг олтинчи кунидан сўнг медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 18:20Осиё ўйинларининг олтинчи кунини 5 та медаль билан тугатдик 0 18:17Европанинг етакчи лигалари ФИФА бошқарувини ислоҳ қилишни талаб қилмоқчи 0 17:59Осиё ўйинларининг эртанги кунида икки боксчимиз рингга чиқади 0 16:22АҚШга кетган Достон Бозоровнинг Octagon 92 турниридаги рақиби маълум бўлди 0 15:01Амирхон Алихўжаев Mangu 5 турнирида жанг қилади, рақиб яна Россиядан 0 13:30Ўзбекистон тарихда илк бор Эронга 3 та гол урди 0 12:41Абдусатторов Каруанага қарши, Ваҳидов Аниш Гири билан ва барча жуфтликлар аниқ бўлди 0 11:22Расман! Тайсон Фьюри ва Энтони Жошуа ўртасидаги узоқ кутилган жанг ниҳоят эълон қилинди! 0 10:47Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон бугун АҚШга қарши ўйнайди ва бошқа жуфтликлар 0 21:50Осиё ўйинларининг эртанги куни ҳам биз учун медалларга бой ўтиши кутилмоқда (спортчилар рўйхати) 0 21:30Осиё ўйинларининг бешинчи кунидан сўнг медаллар жамғариш рейтингида яхшигина кўтарилдик 0 20:57Футбол. Ўзбекистон ўртоқлик ўйинида Эронни мағлуб этди 0

27 mar 15:24
Yangiliklar

Futbol

2026 yilda futbol klublari uchun 560 mlrd so'm ajratiladi, Superliga va Proliga futbolchilari daromad solig'idan ozod etiladi - Prezident Qarori

Teglar :  Prezident qarori
Prezidentning “Sport sohasini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish va sohaga tadbirkorlik subektlarini jalb qilishni kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori qabul qilindi.

2026 yilgi mavsumdan boshlab Superliga futbol klublari to'g'ridan-to'g'ri davlat byudjetidan moliyalashtiriladi. Joriy yilda 16 ta klub uchun 560 mlrd so'm ajratilishi ko'zda tutilgan. Superligadagi har bir futbol klubi uchun 2026 yilda 35 milliard so'mdan, 2027 yilda 30 milliard so'mdan va 2028 yilda 25 milliard so'mdan beriladi.

Qarorning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

- sport sohasini moliyalashtirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish va muqobil manbalarni kengaytirish;

- ajratilayotgan mablag'larni markazlashtirish, byudjet hajmini oshirish va ulardan samarali foydalanishni taminlash;

- klublarda korporativ boshqaruvni joriy etish, futbolda moliyalashtirishda bosqichma-bosqich tadbirkorlar ulushini kengaytirish, zamonaviy mexanizmlarni joriy etish va klublarni boshqaruvga olgan tadbirkorlarga imtiyozlar berish.

Mazkur qarorga muvofiq, Sport vazirligi huzurida Sport sohasida tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi tashkil etiladi.

2026 yil 1 apreldan:

- sport federaciya (uyushma)si faoliyati bilan bog'liq yillik barcha xarajatlarning kamida 20 foizi miqdorida homiylik mablag'i kiritgan tadbirkorni sport federaciya (uyushma)larining ijro organlariga kiritish yo'lga qo'yiladi;

- professional futbol klublari faoliyati bilan bog'liq bo'lgan yillik barcha xarajatlarning kamida 20 foizi miqdorida homiylik mablag'i kiritgan tadbirkor yoki tadbirkorlar guruhiga professional futbol klubini ishonchli boshqaruvga berish amaliyoti joriy etiladi.

2026 yil 1 apreldan 2029 yil 1 aprelga qadar bo'lgan davrda Superliga va Proligada ishtirok etuvchi futbol klublari futbolchilari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ini to'lashdan ozod qilinadi hamda ular uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilanadi.

Avvalroq Championat.asia sayti Superliganing har bir klubiga 35 milliard so'mdan ajratilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar bergan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing