07 mar 19:37
Yangiliklar
Boks/MMA

21 oylik tanaffusdan so'ng qaytgan "Daxshat" 44 soniyada raqibini nokaut qildi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida sobiq WBC chempioni Samuel Piter (37-6, 30 KO) deyarli ikki yillik tanaffusdan so'ng yana katta boksga qaytdi.
Nigeriyalik 38 yoshli bokschi birinchi raundning 44-soniyasidayoq meksikalik Gerardo Eskobar (2-22, 1 KO)ni nokautga uchratdi. Aslida bu jang 22 fevral kuni Meksikaning Tixuana shahrida o'tkazilgan ekan. Lekin keng ommaga kecha, 6 mart kuni elon qilindi.
Eslatib o'tamiz, Samuel Piter o'z vaqtida ikki bor ukrainalik boks afsonasi Vladimir Klichko bilan to'qnash kelgan. 2005 yilning 24 sentyabr kuni o'tkazilgan ilk jangda Piter Klichkoni uch marotaba nokdaun holatiga tushirib qo'ygan holatda mag'lubiyatga uchratgandi. 2010 yilning 11 sentyabr kungi revanshda esa Klichko 5 yil avvalgi mag'lubiyat uchun o'ch olgan edi.
Havola :
Fikrlar