10 okt 18:01
Yangiliklar
21 yoshli Iga Svyontek boshqarayotgan WTA reytingida Abduraimova o'z o'rnini saqlab qoldi
Reytingning Top-10 ligida hech qanday o'zgarish kuzatilmadi. Polshalik Iga Svyontek hamon reyting etakchisi bo'lib turibdi. Ikkinchi o'rindan tunislik Ons Jaber o'rin olgan bo'lsa, uchinchi pog'onani estoniyalik Anett Kontaveyt egallab turibdi.
WTA reytingidan o'rin olgan 3 nafar tennischimizdan faqatgina Sevil Yuldasheva o'z o'rnidan yuqorilashga muvaffaq bo'ldi. Nigina Abduraimova va Akgul Amanmuradova esa o'tgan haftadagi o'rinlarini saqlab qolishdi.
1. (1) Iga Svyontek (Polsha) - 10485 ochko
2. (2) Ons Jaber (Tunis) - 4885
3. (3) Anett Kontaveyt (Estoniya) - 4010
4. (4) Paula Badosa (Ispaniya) - 3934
5. (5) Arina Sobolenko (Belarus) - 3470
6. (6) Jessika Pegula (AQSH) - 3447
7. (7) Mariya Sakkari (Greciya) - 3355
8. (8) Kori Goff (AQSH) - 3047
9. (9) Simona Xalep (Ruminiya) - 3025
10. (10) Karolin Garsiya (Franciya) - 2930
O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:
187 (187). Nigina Abduraimova - 358
949 (950). Akgul Amanmuradova - 17
1265 (1396). Sevil Yuldasheva - 7
Fikrlar