02 sen 11:15
Yangiliklar
Futbol
O'zbekiston terma jamoasi 4 sentyabr kuni Qatarga uchib ketadi
Xabar berganimizdek, kecha O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2018 saralash 3-bosqichini Suriyaga qarshi o'yin bilan boshlagandi.
Samvel Babayan boshchiligidagi jamoamiz 2-turni Doxa shahrida Qatar terma jamoasiga qarshi o'tkazadi. Kecha Qatar Eron mehmoni bo'lib, 0:2 hisobida yutqazdi.
Terma jamoamiz 4 sentyabr kuni soat 11:00da charter reys bilan Doxaga uchib ketadi. Uchrashuv 6 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshalandi.
Quyida guruhimizning 2-tur o'yinlari boshlanish vaqti Toshkent vaqti bilan keltirilgan.
JCH-2018 saralashi. 3-bosqich. “A” guruhi
6 sentyabr 2016
16:35 - Xitoy – Eron
17:00 - Suriya – Janubiy Koreya
21:00 - Qatar – O'ZBEKISTON
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar
6 сентябрь 2016
16:35 - Хитой – Эрон 2:1
17:00 - Сурия – Жанубий Корея 1:1
21:00 - Қатар – ЎЗБЕКИСТОН 1:3
Шу мани тахминим агар тахмин узини окласа биз гурухда биринчимиз.