06 fev 14:11
Yangiliklar
Tennis
Abu-Dabi (WTA). Dunyoning 10-raketkasida kutlmagan mag'lubiyat
BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida tennis bo'yicha WTA 500 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Dunyoning 10-raketkasi Paula Badosa kutilmaganda 1/8 finaldayoq yurishini to'xtatdi. Ispaniyalik tennis malikasi nimchorak finalda WTA reytingida 39-pog'onasida borayotgan chexiyalik Linda Noskovaga 4/6, 1/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Oltmish etti daqiqa davom etgan bahsda Badosa 2, Noskova 3 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham 2 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Breyklar bo'yicha ustunlik chexiyalik tomonida bo'ldi - 6 ga 2. Endi Linda 1/4 finalda polshalik Magda Linettga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar