06 fev 15:35
Yangiliklar
Boks/MMA
Rejis Progreys - Oskar Duarte jangi bekor qilindi
Birinchi yarimo'rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Rejis Progreysning Oskar Duartega qarshi jangiga 10 kun qolganida o'tkazilmasligi aniq bo'ldi.
Ushbu jang 15 fevral kuni AQSHning Anaxaym shahrida o'tkazilishi kerak edi. Jangning bekor bo'lishiga Progreysning jarohati sabab bo'ldi. U mashg'ulot chog'ida jarohat orttirib olgan.
Eslatib o'tamiz, Rejis Progreys so'nggi jangini 2024 yilning oktyabr oyida Jek Ketterollga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy bergan edi. Bu uning ketma-ket ikkinchi mag'lubiyati edi. Rejis avvalroq Devin Xeyniga ham yutqazgandi. Duarte esa ikki g'alabali seriya bilan kelmoqda. Oskar o'tgan yilning noyabr oyida hamyurtimiz Botir Ahmedovni hakamlar qaroriga ko'ra ochkolar hisobi bo'yicha mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : championa.com
Fikrlar