22 iyu 09:25
Yangiliklar

22 iyul - Xalqaro boks kuni!
Boks - yakkakurash sport turi. Unda sportchilar qo'lqoplar taqib olib,bir-biriga zarba beradilar. Havaskor boksda janglar 3 raund, professional boksda esa 12 raundgacha davom etadi. Qayd etish lozimki, boks eramizdan oldingi 688 yilgi qadimiy Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritilgan. Zamonaviy boksga esa XVIII asrda Angliyada asos solingan.
Bugungi kunda boks butun dunyo bo'ylab eng ommaviy sport turlaridan biri hisoblanadi.
O'zbekistonda ham boks o'zining ajoyib ananalariga ega. O'zbek charm qo'lqop ustalari Olimpiya o'yinlarida, Osiyo va jahon chempionatlarida, Osiyo o'yinlarida umumjamoa hisobida birinchi o'rinni qo'lga kiritib, jahonda etakchi ekanliklarini isbotlamoqdalar.
Fursatdan foydalanib, O'zbekiston boks federaciyasi yurtimizda boksga aloqador barcha insonlarni bugungi sana bilan muborakbod etadi!
O'BF matbuot xizmati
Fikrlar