22 dek 11:53
Yangiliklar
Boks/MMA

22 kun oldin komaga tushgan bokschining holati haqida xabar berildi
Kanadalik promouter Ivon Mishel Associated Press agentligiga o'z mijozi Adonis Stivensonning holati yuzasidan qisqa malumot berdi.
Professional boksning yarim og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni bo'lgan Adonis 1 dekabr kuni o'z vatanida o'tgan chempionlik himoya jangida ukrainalik Aleksandr Gvozdikka imkoniyatni boy bergandi. Gvozdik raqibini nokautga uchratib, chempionlik kamarini qo'lga kiritgan edi.
Jangdan so'ng o'zini yomon his qilgan Stivensonni kasalxonaga olib borishgan va u o'sha erda koma holatiga tushib qolgandi. Promouterning so'zlariga qaraganda, Adonis hamon koma holatida qolmoqda va unga suniy moslama yordamida nafas berilyapti.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar