05 may 19:56
Yangiliklar
Tennis
22 yoshli Svyontek to'qqizinchi WTA 1000 bosh sovrinini qo'lga kiritdi. Faqat ikki tennischida undan ko'proq titul bor
Sayyoramizning birinchi raketkasi Iga Svyontek Madriddagi WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnirda chempion bo'lgandi.
Bu polshalik tennis malikasi uchun faoliyatidagi to'qqizinchi WTA 1000 chempionlik sovrini bo'ldi: Doxa (2022, 2023, 2024), Indian-Uells (2022, 2024), Mayami (2022), Madrid (2024), Rim (2021, 2022).
Bu bilan 22 yoshli polshalik tennis malikasi Simona Xalep va Petra Kvitovaga tenglashib oldi. Svyontekdan faqat ikki tennischi ko'proq WTA 1000 sovrinini yutgan: Viktoriya Azarenko (10) va Serena Uilyams (13). Bu toifadagi turnir 2009 yildan beri o'tkazib kelinadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar