26 sen 19:38
Yangiliklar
Boshqalar
27 sentyabr kuni “Sport nafislik va salomatlik manbai” festivali o'tkaziladi
Ertaga, 27 sentyabr kuni Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi 1-sonli bolalar sport maktabida “Sport nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida sport festivali o'tkaziladi.
O'zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi va O'zbekiston xotin-qizlar qo'mitasi hamkorligida “Sport nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida korxona, muassasa va tashkilotlarda faoliyat ko'rsatayotgan xotin-qizlar o'rtasida sport festivali bo'lib o'tadi.
Sport festivalida ishtirokchilar stol tennisi, stritbol, shaxmat va shashka turlaridan Respublika final bosqichida g'oliblik uchun bahs olib borishadi.
Respublika final bosqichiga sportni sevuvchi barchani chorlab qolamiz.
Havola :
Fikrlar