07 may 18:48
Yangiliklar
30 milliondan oshiq kishi Mbappe "Real"ni tark etishi kerakligi haqidagi peticiyaga imzo chekdi
"Actu Foot" portalining xabar berishicha, peticiya atigi bir soat ichida 70 000 dan ortiq imzo to'plagan. Hozirda unda 30 milliondan ortiq imzo bor.
"Mbappe — aut! "Real" muxlislari, ovozingizni chiqaring! Agar o'zgarish zarur deb hisoblasangiz, jim turmang — ushbu peticiyaga imzo cheking va klub kelajagi uchun eng yaxshi deb hisoblagan narsangizni qiling", – deyiladi peticiyada.
Mbappe vakillari hatto maxsus bayonot ham berdi.
"Tanqidlarning bir qismi klub tomonidan qatiy nazorat qilinadigan tiklanish davri bilan bog'liq elementlarning haddan tashqari talqin qilinishiga asoslangan. Bu Kilianning jamoa uchun har kuni qilayotgan fidoyiligi va mehnatini aks ettirmaydi", – deyiladi bayonotda.
Avvalroq "L'Equipe" Mbappening jamoa o'yinchilari bilan munosabatlari yomonlashgani haqida xabar bergandi. Gazetaning yozishicha, "qaymoqranglilar"ning ko'plab futbolchilari francuz futbolchisi klubda maxsus imtiyozlarga ega deb hisoblaydi.
Fikrlar