26 fev 09:17
Yangiliklar
Boks/MMA

38 yoshli Joze Aldoga 37 yashar raqib berildi
Aralash yakkakurash afsonalaridan biri Joze Aldoning navbatdagi jangi tasdiqlandi.
Braziliyalik 38 yoshli sportchi 10 may kuni Kanadaning Monreal shahrida tashkil etiladigan UFC 315 turniri doirasida mezbonlar vakili Eyemann Zaxabiga qarshi oktagonga chiqadi. Bu haqda UFC matbuot xizmati rasman xabar berdi.
Eslatib o'tamiz, Joze Aldo ikki yillik tanaffusdan so'ng o'tgan yili faoliyatini qayta tiklagandi. SHundan so'ng u Jonatan Martinezni mag'lubiyatga uchratdi, Mario Bautistaga esa imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Kanadalik 37 yashar Eyemann Zaxabi esa 5 ta g'alabali seriya bilan kelmoqda. Oxirgi jangida Pedro Munozni ochkolar hisobiga ko'ra taslim etgandi. Ayni paytda Aldo UFC reytingida 11, Zaxabi esa 13-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar