06 mar 16:44
Yangiliklar
Boks/MMA

40 million dollar, Joshua va Fyuriga qarshi jang: Klichko oldida qiziqarli taklif paydo bo'ldi
Ukrainalik bokschi Vladimir Klichko agar ringga qaytadigan bo'lsa 40 million dollar ishlab olishi mumkin.
Malum bo'lishicha, unga DAZN striming platformasi tomonidan shunday taklif tushgan.
SHartnoma bo'yicha 42 yoshli bokschi uchta jang o'tkazishi kerak. Birinchi jang Germaniyada bo'lib o'tadi. Unda Klichko TOP10 bokschilaridan biriga qarshi ringga ko'tariladi. Ikkinchi va uchinchi jangni u Londondagi "Uembli" stadionida Entoni Joshua va Tayson Fyuriga qarshi o'tkazadi.
U keyingi jangda ringga chiqishi uchun mag'lub bo'lmasligi kerak bo'ladi.
Rejalashtilayotgan uchta jang 2019 yilda - may, sentyabr va dekabr oylarida bo'lishi kerak.
Havola :
Manba : MatchTv
Fikrlar