09 mar 16:24
Yangiliklar
Boks/MMA

41 yoshli sobiq jahon chempioni uch yillik tanaffusdan so'ng muvaffaqiyatli qaytdi
Professional boksning yarim o'rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni 41 yoshli Joshua Klotti uch yillik tanaffusdan so'ng katta boksga qaytdi.
U Gana poytaxti Akkra shahrida o'tkazilgan boks oqshomi doirasida ringga ko'tarildi. Klotti birinchi o'rta vazn toifasida tanzaniyalik Mfaume Mfaumega qarshi jang o'tkazdi.
Klotti oltinchi raundda raqibini texnik nokautga uchratdi. Avvalroq Klotti birinchi o'rta vazn toifasida chempionlik kamarlaridan birini qo'lga kiritish uchun faoliyatini qayta tiklaganini malum qilgan edi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar