08 sen 15:55
Yangiliklar
Boks/MMA

47 yoshli Roy Jons dekabr yoki yanvarda ringga qaytadi
Professional boksning to'rtta yo'nalishida sobiq jahon chempioni amerikalik 47 yoshli Roy Jons hali qo'lqoplarini mixga ilish fursati etmaganini malum qildi.
U o'zining navbatdagi jangini qishda o'tkazmoqchi. Rejaga ko'ra, dekabr yoki yanvar oyida Roy Jons ishtirokidagi jang bo'lib o'tadi. Aynan bo'lajak jang amerikalik bokschining faoliyatidagi so'nggi jang bo'lishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Roy Jons o'zining so'nggi jangini avgust oyida o'tkazgandi. O'shanda u hakamlarning bir ovozdan bergan bahosiga ko'ra Rodni Murni mag'lub etgan edi.
Havola :
Fikrlar