21 iyu 11:51
Yangiliklar
Gimnastika

50 yoshli Oksana CHusovitina Jahon chellenj kubogida kumush medalni qo'lga kiritdi
Toshkentda sport gimnastikasi bo'yicha Jahon chellenj kubogi o'tkazilmoqda.
Dunyoning 14 mamlakatidan 60 nafar sportchi ishtirok etayotgan mazkur musobaqada dastlabki g'olib va sovrindorlar aniqlandi.
Unga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi azolari ortda qolgan kun 2 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi. Kecha 50 yoshni qarshi olgan Oksana CHusovitina tayanib sakrash dasturida kumush medal bilan taqdirlandi.
Oltin medallar:
Abdulaziz Mirvaliev (erkin mashq)
Ahrorxon Temirxonov (halqa)
Kumush medallar:
Oksana CHusovitina (tayanib sakrash)
Ravshan Komiljonov (Ot ustida mashq)
Humoyun Islomov (erkin mashq)
Bronza medal:
SHahinabonu Yusufova (tayanib sakrash)
Bugun yana bir qator yo'nalishlarda g'olib va sovrindorlar aniqlanadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar