02 jan 16:56
Yangiliklar
Boks/MMA
56 yoshli Roy Jons faoliyatini yakunlamoqchi emas
To'rt vazn toifasida sobiq jahon chempioni Roy Jons mashg'ulotlarni davom ettirayotgani va ko'rgazmali jangda ringga qaytishni rejalashtirayotganini aytdi.
"Men hali ko'rgazmali janglar, mashg'ulotlar o'tkazaman. Hozircha yakuniy ketishni rejalashtirmayapman", - deya Jonsning so'zlarini keltiradi TASS.
O'tgan asrning 90-yillari va 2000 yillarning boshlarida amerikalik Roy Jons vazn toifalaridan qati nazar dunyoning eng yaxshi bokschisi sifatida tan olingan. U o'rta, ikkinchi o'rta, yarimog'ir va superog'ir vazn toifalarida jahon chempioni, yarimog'ir vaznda mutlaq jahon chempioni bo'lgan.
Roy Jons boksdagi so'nggi rasmiy jangini 2023 yilning aprel oyida o'tkazgan va o'shanda sobiq UFC chempioni Entoni Pettisga imkoniyatni boy bergandi. 2020 yilda Roy Jons va Mayk Tayson AQSHda katta qiziqish uyg'otgan ko'rgazmali jang o'tkazishdi.

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar