So’nggi yangiliklar

10:29Ўзбекистонда велоспортнинг маунтинбайкинг йўналиши бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 10:08Шон О'Мэлли: "Бу йил яна жанг қиламанми?" 0 09:47Бугун жаҳон чемпионатида биргина дзюдочимиз ўз омадини синаб кўради 0 09:26"Урава Ред" сардори ЖЧ ўйинида "Ривер Плейт" футболчиларига нисбатан ҳурматсизлик қилди + ВИДЕО 0 09:05Теремоана Жуниор: "Жалолов билан проф рингда жанг қилсак..." 0 08:44Исроил Мадримов жарроҳлик столига ётди + ФОТО 0 08:23Эркин кураш терма жамоамиз Осиё чемпионатига жўнаб кетди 0 08:02Ҳусанов тарихга кириши мумкин! Бугун “Манчестер Сити“ жаҳон чемпионатидаги юришини бошлайди 0 04:14UFC Нурсултон Рўзибоевнинг навбатдаги жангини эълон қилди (+ПОСТЕР) 0 19:02Шавкат Раҳмонов қачон октагонга қайтишини айтди 0 18:39"UFC 318 турнири у учун ташкил этилмоқда" — Дана Уайт 0 18:17Усман: "Бундан қутилишим керак эди" 0 17:53Бэйл Англия клуби эгаларидан бирига айланиши мумкин 0 17:26Махачевнинг мураббийи: "Яримўрта вазнга ўтиш режаси Топурия пайдо бўлгунича ҳам бор эди" 0 17:01Топурия – Оливейра тўқнашуви учун захира жангчиси маълум 0

06 sen 12:37
Yangiliklar

Kurash

6 sentyabr – Butunjahon kurash kuni!

Teglar :  KurashO'zbekiston
Bugun o'zbek milliy kurashi butun dunyo bo'ylab o'z bayramini nishonlamoqda.

Bir necha yildan buyon ushbu sana norasmiy bayram sifatida nishonlab kelingan bo'lsa, 2017 yilga kelib “6 sentyabr – kurash milliy sport turi kuni” sifatida rasman tan olindi va bu borada Prezidentimizning tegishli farmoni imzolandi.

Milliy sportimiz bo'lgan kurash jahon uzra o'z geografiyasini kengaytirib bormoqda. Bugungi kunda dunyoning 130 dan ortiq mamlakatida Milliy federaciyalar tashkil qilingan. O'z navbatida, milliy sportimiz ham tobora yirik kompleks musobaqalar dasturidan muqim o'rin olmoqda. Jumladan, 2017 yil Turkmanistonda o'tgan Jang sanati va yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlari, 2018 yil Indoneziyada o'tgan Osiyo o'yinlarida mazkur sport turi bo'yicha bahslar o'tkazildi. Bu yo'lda barchamizning ezgu maqsadimiz, shubhasiz, o'zbek milliy kurashini Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritishdir.

Bugungi epidemiologik davrda mazkur sanani o'ziga xos tarzda nishonlash ko'zda tutilgan. Bu borada bugun Xalqaro kurash federaciyasi rahbari Haydar Farmon boshchiligida ZOOM platformasi orqali maxsus bayram konferenciyasi tashkil qilinishi rejalashtirilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing