So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

07 sen 11:06
Yangiliklar

Kurash

6 sentyabr – kurash milliy sporti kuni tantanali nishonlandi

Milliy sportimiz bo'lgan kurash jahon uzra o'z geografiyasini kengaytirib bormoqda.

Kuni kecha Janubiy Koreyada o'tgan Xalqaro kurash associaciyasining kongressida tashkilot azoligiga yana 4 mamlakat qabul qilindi va bugun o'zbek kurashi dunyoning 140 mamlakatida o'z o'rini topmoqda. 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 oktyabridagi qaroriga ko'ra ushbu sana kurash milliy sporti kuni deb belgilangan. Xalqimizning minglab yillik qadriyatlarini o'zida mujassam etgan kurashni yoshlar o'rtasida yanada targ'ib qilish, o'sib kelayotgan yosh avlodni sog'lom va barkamol voyaga etkazish mazkur sport turi vakillarining ham asosiy maqsadlaridan sanaladi.

Poytaxtimizdagi “Sog'bon” sport majmuasida o'tkazilgan kurash bayrami Birlashgan Millatlar tashkilotining “Bola huquqlari to'g'risidagi” konvenciyasi qabul qilinganining 30 yilligi bilan birgalikda nishonlanishi esa mushtarak maqsadlar yo'lidagi qadamlardan biridir.

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va O'zbekiston kurash federaciyasi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda poytaxtimizdagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari yurtimizning nomdor kurashchilarining mahoratlaridan bahramand bo'lishdi. 

Tadbir davomida kuni kecha Janubiy Koreyada o'tgan jahon chempionatida yuqori o'rinlarni egallab qaytgan terma jamoamiz azolarining yoshlar bilan uchrashuvi ham tashkil etildi.

Kurash bayrami bolajonlarning o'yin-kulgulari bilan davom etdi. Sanatkorlarning chiqishlari esa bayramga zavq bag'ishladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing